Toshkent shahridagi Xalqaro hamkorlik markazida “G‘arbiy Tyan-Shan” (O‘zbekiston, Qozog‘iston, Qirg‘iziston)ning Transmilliy seriyalar nominatsiyasi bo‘yicha YuNESKOning Butunjahon madaniy va tabiiy meros ro‘yxatiga kiritilganligi, Navro‘z bayrami hamda palov milliy taomining nomoddiy madaniy meros sifatida YuNESKOning Reprezentativ ro‘yxatidan takror joy olgani munosabati bilan sertifikat topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zA xabar bermoqda.
Tadbir Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi va YuNESKO ishlari bo‘yicha O‘zbekiston Milliy komissiyasi tomonidan tashkil etildi.
O‘zbekiston yaqin kelajakda Sarmishsoydagi tosh bitiklar, Shohimardon, Zomin, Hisor tog‘lari va Boysun qo‘riqxonasini Butunjahon madaniy va tabiiy meros ro‘yxatiga kiritishni ham rejalashtirgan.
Tadbir davomida “G‘arbiy Tyan-Shan”, “Navro‘z”, “Palov an’anasi” kabi hujjatli filmlar namoyish etildi.
Tabiatni muhofaza qilish davlat qo‘mitasiga YuNESKOning maxsus sertifikati topshirildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.