Tennis bo‘yicha norasmiy jahon chempionati hisoblangan Devis kubogining Osiyo va Okeaniya mintaqasida O‘zbekiston terma jamoasi Janubiy Koreya bilan to‘qnash kelishi kerak edi. Bugun — 3-fevral kuni uning doirasida ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi va o‘zbekistonliklarning ikki eng kuchli tennischisi o‘z ishtirokini boshladi.
Birinchi bo‘lib kortga mamlakatning ikkinchi raketkasi Sanjar Fayziyev chiqdi. U jahon tennis reytingida 367-o‘rindan joy olgan bo‘lsa, Fayziyevga raqiblik qilgan Xyon Chon 73-o‘rinda edi. Ya’ni, Denis Istomindan ham uch pog‘ona yuqori. Bu holat natijada ham ko‘rindi. Tennischilarning o‘zaro o‘yinida koreyalik sportchining qo‘li baland keldi. Besh set davom etgan geymning 2 ta setida zafar quchish Fayziyevning g‘alabasi uchun yetarli bo‘lmadi — 4:6, 4:6, 7:6, 6:4, 0:6.
Australian open—2017 da muvaffaqiyatli ishtirok etib, jahonning ikkinchi raketkasi Novak Jokovichni sensatsion tarzda turnirdan chiqarib yuborgan O‘zbekistonning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin esa Fayziyevdan keyingi geymda zafar quchib, O‘zbekiston termasiga 1 ochko taqdim etdi. U mezbonlarning Dak Xi Li ismli tennischisiga qarshi kortga tushdi va birinchi setni kutilmaganda boy bergandi — 4:6. Keyingi uch set davomida esa raqibidan ustun keldi — 6:2, 7:6, 6:4.
Devis kubogi Osiyo va Okeaniya mintaqasi 3-fevral, juma
Janubiy Koreya — O‘zbekiston 1:1
Xyon Chon — Sanjar Fayziyev 6:4, 6:4, 6:7, 4:6, 6:0Dak Xi Li — Denis Istomin 6:4, 2:6, 6:7, 4:6Ertaga — 4-fevral kuni juftlik bellashuvlari bo‘lib o‘tadi. 5-fevral kuni o‘tkaziladigan yakkalik bahslari bilan Janubiy Koreya — O‘zbekiston o‘yinida g‘olib nomi aniqlanadi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)