Riyoziy mavzesida Korzinka.uz do‘koni ochildi
1-fevral kuni Toshkentdagi Riyoziy mavzesida Korzinka.uz supermarketining ochilish marosimi o‘tkazildi. Bu haqda ushbu supermarketlar tarmog‘ining Facebook’dagi sahifasida ma’lum qilindi.
Marosimga tashrif buyurganlar maxsus hududlarda tarmoq hamkorlari ko‘magida uyushtirilgan shirinliklar dasturxonidagi ne’matlardan tatib ko‘rish bilan birga karnay-surnay va milliy musiqa jo‘rligidagi quvnoq muhitdan bahramand bo‘ldi.
Korzinka.uz — Riyoziy tarmoqning 2017-yilda ishga tushgan ilk supermarketi sanaladi.
Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya do‘konlarini O‘zbekistonning boshqa hududlarida ham ochish harakati davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, ayni vaqtda Toshkent shahrida 18 ta va Olmaliq shahrida 1 ta Korzinka.uz do‘koni faoliyat yuritmoqda.
Reklama huquqi asosida