Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Kanadaning Kvebek provinsiyasi Monreal shahrida 28-yanvar kuni o‘tkazilgan boks kechasi ommaviy janjal bilan yakunlandi. Ringda shu vaqtgacha birorta jangda mag‘lub bo‘lmagan bokschilar — mahalliy bokschi Stiven Batler va Ontario provinsiyasidan Brendon Kuk to‘qnash keldi, deb yozadi “Sports.ru”.

Foto: “Sports.ru”

Foto: “Sports.ru”

Yettinchi raundda Kuk raqibini nokautga uchratdi. Ontariolik bokschining muvaffaqiyatidan norozi bo‘lgan mahalliy muxlislar ringga turli buyumlar uloqtirishni boshladi. Ular orasida muz to‘la chelak ham bor edi va u g‘olib bokschining boshiga borib tegdi.

Voqeadan so‘ng Brendon Kuk ringdan olib chiqildi. Mazkur jangni tomosha qilish uchun tashrif buyurgan muxlislar o‘rtasida ommaviy mushtlashuv kelib chiqdi. Natijada 4 kishi jarohat oldi. Ikki nafar soqchi yengil shikastlangan bo‘lsa, 42 yoshli erkak va 49 yoshli ayol shifoxonaga yetkazildi. Ikki kishi hibsga olindi.

Stiven Batler uchun mazkur mag‘lubiyat professional ringdagi birinchisi bo‘ldi. Bunga qadar u 17 jangda g‘alaba qozongan. Brendon Kuk g‘alabalar sonini 17 taga yetkazib, mag‘lubiyatsiz seriyasini davom ettirdi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Yangiyo‘lda kanalda cho‘kib ketgan 16 yoshli bolaning jasadi bir kun o‘tib topildi  — FVV
Mahalliy
Andijonda harakatlanib ketayotgan Matiz to‘liq yonib ketdi
Kitob
“Shayton kitob timsolida hayotimga kirib kelgan va barcha narsani o‘ziniki qilib olgan edi…” “Qora kitob” asari haqida