Noma’lum shaxslar Buyuk Britaniya qirolichasi oqqushlariga o‘q uzdi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar bermoqda.
Temza daryosida yashovchi oqqushlar bir necha kun mobaynida ikki bor o‘qqa tutilgan. Buning oqibatida to‘rt qush o‘ldi, yana ikkitasini veterinarlar uxlatib qo‘yishga majbur bo‘ldi, 10 ga yaqini yaralandi.
Politsiya bu ishga qo‘l urgan kimsalarni qidirish bo‘yicha operatsiya o‘tkazmoqda. Temza sohilida, qirolicha Yelizaveta II ning Vindzor qarorgohi yaqinida bu haqda ogohlantiruvchi belgilar o‘rnatildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.