Bosma va axborotlashtirish bo‘yicha o‘zbek agentligi vakillari mahalliy bloglar rivojlanishini murakkablashtirish fikri avvalroq mavjud bo‘lgani, biroq hozir blogerlarga litsenziya berish jarayonini qiyinlashtirishdan ma’no yo‘qligini qayd etdi. Bu haqda “Novosti Uzbekistana” xabar bermoqda.
Bir necha yil avval agentlik oldida blogerlar faoliyatini litsenziyalashtirish, ya’ni blog yurituvchi shaxsga OAV tarqatayotgan axborotga nisbatan javobgarlik darajasidek mas’uliyat yuklash masalasi turgan edi. Biroq hozirda bu masala ko‘rib chiqilib, mahalliy blogging taraqqiyotini qiyinlashtirmaslikka qaror qilindi.
Muassasaning litsenziyalashtirishni tashkillashtirish boshqarmasi rahbari yaqin kelajakda qonunchilikka blogerlar faoliyati bilan bog‘liq o‘zgartirishlar kiritilmasligini ma’lum qildi.
Ma’lumot uchun, hozirgi kunda blogerlar faoliyati “Axborotlashtirish to‘g‘risida”gi qonun orqali tartibga solinadi. 2014-yilda ushbu qonunga kiritilgan o‘zgartirishlar natijasida mamlakat qonunchiligida ilk bor bloger atamasi paydo bo‘lgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)