Bugun,

  • USD 11095.31
  • RUB 173.84
  • EUR 10772.44

Paramount Pictures kinokompaniyasi o‘zining YouTube’dagi kanaliga Nyu-Yorkdagi elektronika do‘konlarining birida xaridorlar bilan qilingan hazil videorolikni joyladi, deb xabar beradi TJournal.

Kadr: YouTube

Kadr: YouTube

Hazil videorolik tez kunlarda namoyish etilishi kutilayotgan “Qo‘ng‘iroqlar” (Rings)nomli qo‘rqinchli filmiga o‘xshatma tarzida ishlangan.

Rolikda do‘konga tashrif buyuruvchilar do‘kon maslahatchisi bilan suhbatlashib turadi. Bu vaqtda televizor ekranidan “Qo‘ng‘iroq” (film 2002-yilda ekran yuzini ko‘rgan) filmi qahramoni bo‘lgan Samara Morgan qiyofasidagi qiz chiqib keladi. U sezdirmasdan odamlarga yaqinlashadi va ularni qo‘rqitadi. Do‘konga televizor xaridi uchun kelgan mijozlar esa “qo‘rqinchli hazil”ning “qurbon”iga aylandi.

Rejissor F. Xavyer Gutyerresning  “Qo‘ng‘iroqlar” qo‘rqinchli filmining butunjahon premyerasi 1-fevralda bo‘lib o‘tadi. Film rejissor Gor Verbinski tomonidan 2002-yilda tasvirga olingan “Qo‘ng‘iroq” filmining davomi sanaladi.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Salomatlik
Ishtahangiz karnaymi: hamisha ovqat yeyish istagi qiynaganda nima qilish kerak?
Mahalliy
Toshkent va Andijon o‘rtasida qo‘shimcha poyezdlar qatnovi yo‘lga qo‘yildi 
Dunyo
“O‘lim junglisi”: 400 mingga yaqin muhojir halokatli yo‘l orqali Panamadan AQSHga o‘tmoqda