O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetining Xalqaro jurnalistika fakulteti o‘z saytini ishga tushirdi. Bu haqda fakultet rahbariyati “Daryo”ga ma’lum qildi.
www.ijf.uz manzilida faoliyat ko‘rsatuvchi sayt fakultet hayoti bilan bog‘liq barcha jabhalarni qamrab oladi. Unda fakultet talabalari va professor-o‘qituvchilarining ijod namunalarini berib borish rejalashtirilgan.
Talabalarga sayt yordamida fakultet dekani bilan onlayn muloqot qilish imkoniyati yaratib beriladi. Shuningdek, elektron kutubxona, bitiruv-malakaviy ishlari, dars jadvali, anonslar va shunga o‘xshash talabalar uchun zarur bo‘lgan masalalarning barchasi www.ijf.uz saytida ko‘rinish beradi.
Elektron platformada maxsus mediateka ochish rejalashtirilgan bo‘lib, unga bo‘lajak jurnalistlar tomonidan tayyorlangan videoko‘rsatuvlar, lavhalar, fotoreportajlar va audiokutubxona joylashtiriladi.
Ma’lumot uchun, 2017-yilning 26-fevral kuni Xalqaro jurnalistika fakulteti tashkil topganiga 18 yil to‘ladi. Shu munosabat bilan fakultet rahbariyati sovrinli tanlov va maxsus tadbirlar o‘tkazishni rejalashtirgan.
Izoh (0)