Samsung tekshiruv chog‘ida Galaxy Note 7 smartfonlarining yonib ketishi sababini aniqladi, deb yozadi “RBK”. U qurilmalarning ishlab chiqarilishi to‘xtatilishiga va Janubiy Koreya kompaniyasi uchun milliardlab dollarlik zararlarga sabab bo‘lgan edi.
The Wall Street Journal o‘z manbalariga tayanib xabar qilishicha, Samsung olib borgan tekshiruv smartfonlardagi ba’zi akkumulyator batareyalari juda katta bo‘lib ketgani va shu tufayli qizib ketganini ko‘rsatgan. Ba’zi holatlarda ishlab chiqarishdagi nuqsonlar aniqlangan.
Shu narsa ma’lum bo‘ldiki, Samsung’ning sho‘ba kompaniyasi tomonidan tayyorlangan batareyalar qizib ketgan. Ammo Gonkongning Amperex Technology firmasi ishlab chiqargan akkumulyatorlarda ham muammolar kuzatilgan.
Tekshiruvda bir nechta begona kompaniyalar qatnashdi, ular mustaqil tadqiqotchilar sifatida ishtirok etdi.
Janubiy Koreya kompaniyasi tekshiruv natijalarini kelayotgan dushanba kuni (23-yanvar) rasman e’lon qilishi kutilmoqda.
Izoh (0)