Taxminan ikki hafta avval Nokia smartfonlar bozoriga qaytdi, deb yozadi TJournal. Finlyandiyaning HMD Global kompaniyasiga tegishli yangilangan brendning ilk qurilmasi o‘rtacha narx kategoriyasidagi Nokia 6 bo‘ldi.
Devays darhol tanqidlar yomg‘iri ostida qoldi, chunki ko‘pchilik uning kuchsiz texnik xususiyatlariga nisbatan belgilangan narxidan norozi bo‘ldi. Shunga qaramay, yangi qurilmaga talab juda baland bo‘lib chiqdi. Nokia 6 sotuvga chiqqan Xitoyda smartfon uchun oldindan buyurtmalar soni bir milliondan oshdi. Eng qizig‘i esa, 18-yanvar, chorshanba kuni birinchi flesh savdo doirasida butun partiya bir daqiqa ichida sotilib ketdi.
Narxi 245 dollar bo‘lgan holda, Nokia 6 Corning Gorilla Glass 3 2,5D-shishasi bilan qoplangan 5,5 dyuymli Full HD-displey, old tomondagi barmoq izi skaneri, stereodinamiklar, qo‘sh smart-kuchaytirgichlar, Dolby Atmos hajmdor sado texnologiyasi, sakkiz yadroli Qualcomm Snapdragon 430 protsessori, 4 Gb tezkor, 64 Gb ichki xotira, 16 megapikselli asosiy va 8 megapikselli old kamera, 3000 mA/soat sig‘imli akkumulyator hamda Android 7.0 Nougat operatsion tizimi bilan jihozlandi.
Izoh (0)