O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida 24-yanvar kuni Qirg‘iziston elchisi Daniyar Sidikov bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
Uchrashuvda O‘zbekiston—Qirg‘iziston kun tartibining dolzarb masalalari muhokama qilindi hamda bo‘lajak turli darajalardagi uchrashuvlarning jadvali va mavzusi yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida davlat rahbarlarining topshiriqlari nuqtai nazaridan ikki tomonlama hamkorlikni yanada rivojlantirishning amaliy jihatlari ko‘rib chiqildi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)