GM Uzbekistan mijozlarga xizmat ko‘rsatish va mahsulot sifatini yaxshilash bo‘yicha tavsiyalarni hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha takliflarni olish maqsadida 25-yanvardan so‘rovnoma o‘tkazishni boshladi, deb xabar berdi kompaniya axborot xizmati.
So‘rovnoma 2017-yilning 3-fevraliga qadar davom etadi. So‘rovnoma davrida kelgan barcha taklif va tavsiyalarni tahlil qilib chiqqandan so‘ng, GM Uzbekistan kompaniyasi faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha reja-dastur qabul qilish rejalashtirilgan.
O‘zbekiston hukumati darajasida qaror qabul qilinishi kerak bo‘lgan masalalar ko‘rib chiqilishi uchun mamlakat rahbariyatiga yuboriladi.
GM Uzbekistan’ga tavsiya va taklif berish istagida bo‘lgan mijozlar ushbu havolaga o‘tishi va elektron pochta manzili, ism va familiyasi, yoshi, duch kelgan muammosi hamda uni hal qilish bo‘yicha o‘z taklifini kompaniyaga yuborishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)