Land Rover kompaniyasi Range Rover yo‘ltanlamasining 1969-yildan hozirgacha bo‘lgan o‘zgarishlarini ko‘rsatuvchi videoni e’lon qildi. Bir yarim daqiqali ushbu rolikda barcha to‘rt avlod modellari ko‘rsatilgan, deb yozadi “Motor”.
Avtomobillar suratlari turli yillarda chiqqan mashinalarning o‘ziga xos xususiyatlari haqidagi izohlari bilan birga keladi. Masalan, 60-yillar oxirida chiqqan Range Rover’ning dastlabki modellari “niqoblangan” Velar brendi ostida ishlab chiqarilgan. Shu asnoda kompaniya mashinalarning sirliligini saqlashga harakat qilgan. Diqqatga sazovor jihat shundaki, brendi nomi italyan tilida “yopinchiq” ma’nosini bildiradigan velare so‘ziga hamohangdir.
Bundan tashqari, videoda Range Rover’ning birinchi avlodida besh eshikli kuzov va ikki tabaqali yukxona eshigining paydo bo‘lishi, ABS (transport vositalarini tormozlash vaqtida g‘ildiraklarning blokirovka bo‘lib qolishi va boshqaruvni yo‘qotishning oldini olishga mo‘ljallangan elektron tizim)ning kiritilishi, shuningdek, yo‘ltanlamas bugungi avlodining alyuminiy kuzovi haqida eslatib o‘tilgan.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)