AQSh fuqarosi Chevrolet Bolt elektrokari, go‘yoki, tirilib ketgani haqida xabar qildi, deb yozadi Motor. My Chevy Bolt forumining Socalif niki ostidagi ishtirokchisi yozishicha, ekomobil mustaqil ravishda yongan, o‘t olishni boshlagan, so‘ng garaj devoriga borib urilgan.
Amerikalik ishontirishicha, u avtomobilni bir kun oldin o‘z garajiga qo‘ygan, u yerda u hodisa yuz berguniga qadar harakatsiz turgan. Mashinaning ikkita kaliti ham uyda bo‘lgan. Mashinaning devor bilan to‘qnashgani tovushini erkakning rafiqasi eshitib qolgan, uyda boshqa hech kim bo‘lmagan (Socalif ta’kidlashicha, buni, masalan, bolalar qilgan bo‘lishi mumkin emas).
Avtomobilning egasi garajdan bir necha o‘n kilometr narida bo‘lgan. Uyga kelgach, “tirilgan” mashinaning uzatish selektori parkovka rejimida qolganini ko‘rgan.
Hodisa haqida xabar topgach, Motor1 portali Chevrolet vakiliga murojaat qildi. Marka elektrokarlari egalari bilan muloqot uchun mas’ul vakil Fred Ligori kompaniya hodisani o‘rganayotganini ma’lum qildi.
Izoh (0)