Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

AQShning yangi prezidenti Donald Trampga qarshi Amerikada norozilik bildirayotganlar bilan hamfikrlik ramzi sifatida o‘n minglab odamlar London markazidagi namoyishda qatnashdi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.

Foto: The Telegraph

Foto: The Telegraph

Namoyish ishtirokchilari AQShning Londondagi elchixonasidan Trafalgar maydoniga qadar “Devorlar emas, ko‘priklar quring!” shoirini baralla aytgancha yurish uyushtirdi.

Aksiya qatnashchilarining qo‘llarida “Trampni to‘xtating!”, “Nafratni yo‘qotib, siyosatni to‘g‘rilaymiz”, “Rasizmga — yo‘q, Trampga — yo‘q” kabi yozuvlar tushirilgan plakatlar bor edi.

Xabar berishlaricha, namoyishchilar safiga London meri Sodiq Xon, britaniyalik aktrisa Rebekka Xoll, Leyboristlar partiyasidan saylangan deputatlar Ivett Kuper va Xarriyet Xarman ham qo‘shilgan.

Namoyish tashkilotchilarining hisob-kitoblariga ko‘ra, aksiyada 80 mingga yaqin odam qatnashgan.

Bunday norozilik namoyishlari butun Byuk Britaniya bo‘ylab, xususan, Belfast, Kardiff, Edinburg, Lankaster, Lids, Liverpul va Manchester shaharlarida ham bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, AQShning 45-prezidenti Donald Tramp 20-yanvar kuni o‘z vakolatlarini bajarishga kirishgan edi. Bu vaqt Vashingtonni bir qismini Trampning muxoliflari tomonidan uyushtirilgan ommaviy tartibsizliklar qamrab olgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Afg‘oniston iqtisodiyotini tiklash xalqaro hamjamiyatning umumiy ustuvor yo‘nalishi bo‘lishi kerak” — Vladimir Norov
Dunyo
Irlandiyadagi qamoqxonada “buyuk qochish”, sakkiz soatli ish rejimini qo‘llagan Genri Ford va qon quyish bo‘yicha birinchi muvaffaqiyatli amaliyot. Kun xronologiya...
Mahalliy
Foto: Dubay—Namangan—Dubay yo‘nalishida muntazam aviaqatnovlar yo‘lga qo‘yildi