Xitoyda velosipedlarni ijaraga berish servislari foydalanuvchilarning mas’uliyatsizligi muammosi bilan to‘qnash keldi, deb yozadi TJournal.
Xitoydagi velosipedni ijaraga berish servislari shunday ishlaydiki, transport vositasini topshirish shart emas, shunchaki, dastur orqali to‘langan vaqt tugaganda uni yo‘l chetida qoldirish kifoya. Ammo ba’zi odamlar o‘z velosipedlarini pala-partish tashlab ketmoqda.
Yirik shaharlarda, hatto shu tarzda tashlab ketilgan velosipedlardan uyumlar hosil bo‘lmoqda. Ularni piyodalarga xalal bermasligi uchun, kommunal xizmatlar xodimlari va politsiyachilar yig‘ib olmoqda.
Yirik prokat servislari o‘z velosipedlarini GPS-belgilar bilan jihozlasa-da, ularni tez-tez o‘g‘irlashadi va ba’zan Taobao orqali sotishga urinishadi. Ijtimoiy tarmoqlarda guvohlar daryoga tashlab yuborilgan yoki daraxt tepasiga uloqtirilgan velosipedlar suratlarini e’lon qildi.
Izoh (0)