O‘zbekistondan eng ko‘p olib chiqiladigan hayvonot dunyosi obyekti toshbaqalardir. Bu haqda O‘zbekiston ekologik harakati vakili A. Grigoryans Toshkentda bo‘lib o‘tgan “O‘zbekiston Respublikasi kuch qurilmalarining tabiatni muhofaza qilish qonunchiligi va noyob turlarni saqlash bo‘yicha salohiyatini oshirish” mavzuidagi seminar-trening chog‘ida ma’lum qildi, deb xabar beradi “Novosti Uzbekistana”.
“Boshqa turlar bilan qiyosan olganda mamlakatdan ko‘proq O‘rta Osiyo toshbaqalarini noqonuniy yo‘l bilan olib chiqib ketishga urinishadi. Bu jonivorlarning sipoligi, ularni bir necha kun boqmaslik imkoniyati bilan bog‘liqdir”, — dedi Grigoryans.
Toshbaqalar olib chiqib ketilib, hayvonot do‘konlarida sotiladi.
Bundan tashqari, ilonlar, sayroqi to‘tiqushlar va boyqushlar olib chiqilishi holatlari mavjud. Farg‘ona vodiysi va Toshkent viloyatida lochinlarning noqonuniy olib chiqilishi bilan bog‘liq holatlar kuzatilgan.
Izoh (0)