Ozarbayjon va O‘zbekiston turistik idoralari rahbarlari ikki mamlakat o‘rtasidagi qatnaydigan charter reyslari ochish, qo‘shma turistik paketlar tashkil etish hamda boshqa dolzarb masalalarni muhokama qildi. Bu haqda Trend axborot agentligi ma’lum qildi.
Ozarbayjon madaniyat va turizm vaziri Abulfas Garayev hamda O‘zbekiston turizmni rivojlantirish qo‘mitasi rahbari Anvar Sharopov Madridda davom etayotgan FITUR–2017 turistik ko‘rgazmasi doirasida muzokaralar o‘tkazdi, deyiladi xabarda.
Uchrashuv chog‘ida turistik sohani rivojlantirishning boshqa masalalari ham muhokama qilindi.
Izoh (0)