Xitoylik erkak bir necha soat ichida milliarderga aylandi. Bank uning hisobiga adashib 1,2 milliard yuan (174 million dollar) tashlab yubordi, deb xabar beradi “Vesti.ru”.
Xunan viloyatining Vanchen okrugida istiqomat qiluvchi erkak 14-yanvar kuni Qishloq xo‘jaligi tijorat banki mahalliy filialiga kelib, hisob ochmoqchi bo‘lgan. Bir muddatdan so‘ng bank xodimlari pul o‘tkazish grafasiga hisob raqami — 1212405260 sonlarining kiritilganini aniqladi. Bank shu zahotiyoq mijoz bilan bog‘lanib, undan qaytib kelishni so‘radi.
Erkakning ijtimoiy tarmoqlar orqali ma’lum qilishicha, hamkorlik uchun minnatdorlik sifatida bank unga bir quti sigaret va pul solingan konvert bergan. Konvertda qancha pul borligi ma’lum qilinmayapti.
Izoh (0)