Bugun,

  • USD 11014.01
  • RUB 191.8
  • EUR 10674.78

Kadrlar bilan ishlash jarayonlarini avtomatlashtirishni samarali tashkil etish maqsadida Mehnat vazirligi bazasi asosida O‘zbekistonda birinchi marotaba “Kadrlar” namunaviy axborot tizimi (NAT) pilot loyiha tarzida joriy etildi. Loyiha barcha davlat organlarida kadrlar xizmatlarining ishlarini tizimlashtiradigan hamda barcha davlat idoralari xodimlari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni birlashtiradigan Yagona milliy idoralararo axborot maydoni hisoblanadi. Bu haqda vazirlik axborot xizmati xabar bermoqda.

Foto: Mehnat vazirligi axborot xizmati

Foto: Mehnat vazirligi axborot xizmati

Axborot tizimi Mehnat vazirligi tasarrufidagi tashkilotlar va Elektron hukumat tizimida sinovdan o‘tkazildi. Bugungi kunda ushbu tizimga 85 ta vazirlik va idoralar ulangan, keyinchalik esa “Kadrlar” NATdan mamlakatning ikki yuz mingdan ortiq davlat tashkiloti foydalanishi rejalashtirilmoqda.

Ushbu yangi tizim o‘z ichiga bir necha qismlar yoki kichik tizimlar, jumladan, “Kadrlar menejmenti”, “Vakant joylar milliy bazasi”, “Kadrlarga doir so‘rovnoma-ma’lumotlar bazasi”, “Kadrlarga doir so‘rovnoma-ma’lumotlar reyestri” va boshqalarni qamrab olgan.

Axborot tizimi Milliy kadrlar portali bilan o‘zaro bog‘langan, vazirlik tomonidan foydalaniladigan barcha axborot tizimlariga, yagona kirish joyidan foydalangan holda Vakant joylar milliy bazasiga hisobotlar taqdim etishni ham ta’minlaydi.

Shuningdek, ushbu yangi axborot tizimidan respublikaning barcha hududlarida foydalanish imkoniyati yaratilgan va foydalanuvchining ixtiyoriga ko‘ra foydalanish tilini tanlash hamda portalda ro‘yxatdan o‘tishda foydalanuvchiga SMS orqali xabar yetkazish yo‘lga qo‘yilgan.

Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Qurilish vazirligi ogohlantiradi: yangi uy xarid qilayotganda e’tibor berilishi lozim bo‘lgan jihatlar
Mahalliy
“Ba’zida o‘zim ham noto‘g‘ri parkovka qilaman” — Rasul Kusherbayev
Mahalliy
Toshkent shahri bosh rejasining bir qismi 2022-yil oxirigacha yakunlanadi