Nigeriya harbiy-havo kuchlari harbiy samolyoti adashib qochqinlar lageriga zarba berishi oqibatida 100 dan ortiq odam halok bo‘ldi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “RIA Novosti” xabar bermoqda.
Yanglish bombalash amalga oshirilganini Nigeriya armiyasi generali Laki Irabor ham tasdiqladi. Operatsiya “Boko Xaram” radikal tashkilotiga qarshi olib borilayotgan edi.
“Chegara bilmas shifokorlar” tashkilotining ma’lum qilishicha, hujum oqibatida 50 kishi halok bo‘lgan, 120 kishi yaralangan.
O‘z navbatida, Xalqaro qizil xoch tashkiloti o‘zining olti nafar xodimi halok bo‘lganini bildirdi.
Izoh (0)