Kanadaning Nort-Bey shahrida yashovchi Timmi Jo Elzinga tungi osmondagi rang-barang ustunlar ko‘rinishidagi noyob yorug‘lik hodisasini suratga olishga muvaffaq bo‘ldi, deb yozadi TJournal.
Kanadalikning so‘zlariga qaraganda, tunda ikki yoshli o‘g‘ilchasi Gibson uni uyg‘otmaganda u bunday ajoyib manzarani ko‘rmasdan, uyquda o‘tkazgan bo‘lar edi. Bolani tinchlantirib, ko‘chaga chiqqan erkak ba’zi qo‘shnilari ham osmonni tomosha qilayotganligini ko‘rgan.
Ba’zi odamlar suratlarni qalbaki yoki ishlov berilgan deyishdi, biroq men ularning haqiqiyligini bilaman. Chunki aniq chiqmagan, xira suratlar menda ham bir talay.Timmi Jo Elzinga
Bu kabi noyob hodisa yorug‘lik havoda osilib qolgan muz kristallarida akslanganda yuzaga keladi. U turlicha ko‘rinishda, masalan quyosh atrofidagi muz kamalak ko‘rinishida ham bo‘lishi mumkin.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)