Madridning “Real” klubi joriy mavsumdagi ilk mag‘lubiyatini qabul qilib oldi. Zinedin Zidan boshqaruvidagi jamoa La liganing ketma-ket 16 ta turida, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida, Ispaniya kubogida va Yevropa chempionlar ligasida mag‘lubiyatsiz davom etib kelayotgandi. Jamoaning bu yurishiga “Sevilya” yakun yasab berdi.
18-turga kelib Xorxe Sampaoli jamoasi mavsumdagi eng salmoqli ishga qo‘l urdi. Uchrashuvda hisob Krishtianu Ronalduning penaltidan urgan goli evaziga ochilgan bo‘lsa-da, keyinroq Serxio Ramos o‘z darvozasini ishg‘ol qildi. So‘nggi daqiqaga kelib esa “Sevilya” safiga endigina kelib qo‘shilgan Stevan Yovetich g‘alaba goliga mualliflik qildi.
Ma’lumot uchun, “Sevilya” va “Real” Ispaniya kubogining nimchorak finalida ham to‘qnash kelgan bo‘lib, Madridda “Qirollik klubi” 3:0 hisobida zafar quchgandi. Andalusiyada esa 3:3 hisobi qayd etilgan va Yovetich ilk uchrashuvidayoq “Real” darvozasiga yo‘l topgandi. Uning yangi jamoasidagi ikkinchi goli ham madridliklar darvozasiga urildi.
Mazkur g‘alaba “Sevilya”ni turnir jadvalida 2-o‘ringa olib chiqdi. Ayni paytda klub “Real”dan 1 ochko kamroq jamg‘argan. Farqi — “Real” hisobida 1 ta zaxira o‘yini mavjud.
14-yanvar kuni “Barselona” 5 ta gol farqi bilan zafar quchgan, “Atletiko” esa raqibini minimal hisobda mag‘lub eta olgandi.
Ispaniya La ligasi 18-tur bellashuvlari 15-yanvar, yakshanba
“Valensiya” — “Espanyol” 2:1
Gollar: Martin Montoyya, 17 (1:0). Santi Mina, 73 (2:0). David Lopes, 85 (2:1).“Selta” — “Alaves” 1:0
Gol: Nemanya Radoya, 89 (1:0).Chetlatish: Zuair Feddal, 46 (A).“Granada” — “Osasuna” 1:1
Gollar: Oriol Riyera, 12 (0:1). Artyor Kravets, 69 (1:1).Chetlatishlar: Uche Agbo, 73 (G). Esekyel Ponse, 90+5 (G).“Sporting” — “Eybar” 2:3
Gollar: Adrian Gonsales, 4-pen (0:1). Karlos Karmona, 9 (1:1). Pedro Leon, 21 (1:2). Antonio Luna, 23 (1:3). Nacho Kases, 58 (2:3).“Sevilya” — “Real Madrid” 2:1
Gollar: Krishtianu Ronaldu, 67-pen (0:1). Serxio Ramos, 85-avt (1:1). Stevan Yovetich, 90+2 (2:1).16-yanvar, dushanba“Malaga” — “Real Sosyedad”
Izoh (0)