2016-yilda O‘zbekistonda 32 mingtaga yaqin yoki 2015-yilga nisbatan 18 foizga ko‘p kichik biznes subyektlari tashkil qilinishiga turtki bo‘ldi. Kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi hissasi 56,9 foizgacha, sanoatda esa 45 foizgacha oshdi. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining mamlakatni 2016-yildagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini har tomonlama tahlil qilish hamda respublika hukumatining 2017-yil uchun iqtisodiy va ijtimoiy dasturi eng muhim yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilashga bag‘ishlangan kengaytirilgan majlisida aytildi, deb xabar beradi O‘zA.
Ijobiy tarkibiy o‘zgartirishlar va iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlari tufayli aholining real daromadlari 11 foizga oshdi. Budjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi 15 foizga, pensiya va ijtimoiy nafaqalar — 12,1 foizga, aholi jon boshiga real daromadlar — 11 foizga o‘sdi, 726 ming nafarga yaqin aholining, shu jumladan, 438,5 ming kollej bitiruvchisining bandligi ta’minlandi.
“Sog‘lom ona va bola yili” Davlat dasturi doirasida ona va bolaning salomatligini muhofaza qilishni kuchaytirish, sog‘lom va har tomonlama rivojlangan avlodni shakllantirish bo‘yicha keng chora-tadbirlar kompleksi amalga oshirilib, ularni moliyalashtirishga barcha manbalar hisobidan 8 trillion so‘m va 212 million dollar mablag‘ yo‘naltirildi.
Izoh (0)