O‘zbekistonlik futbolchi Farhod Tojiyev Malayziyaning “T-Tim” klubi bilan shartnoma tuzdi. Bu haqda “Championat.asia” nashri ma’lumot berdi.
Shartnoma shartlari va uning qanchaga mo‘ljallangani ochiqlanmagan. Farhod Tojiyev 2015-yilgi mavsumda ham “T-Tim” sharafini himoya qilgan bo‘lib, 13 ta bellashuvda 14 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgandi. Keyinroq esa jarohati sabab O‘zbekistonga qaytishga majbur bo‘lgan.
Tojiyevlarning kenja vakili 2016-yilgi mavsumning birinchi davrasini “Olmaliq” safida o‘tkazib, keyinroq yana erkin agentga aylanib qolgandi. Ko‘rik uchun Malayziyaga tashrif buyurgach esa ketma-ket 3 ta o‘rtoqlik o‘yinida ishtirok etdi va 5 ta gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
“T-Tim” safida o‘zbekistonlik boshqa bir futbolchi — yarim himoyachi Dilshod Sharofutdinov ham to‘p suradi. Avvalroq Bobur Akbarov “Kuala Lumpur” futbol klubi safiga borib qo‘shilgandi.
Malayziyada ko‘rikda bo‘lib turgan yana ikki futbolchi — Kamoliddin Tojiyev va Shavkat Salomovning kelajagi ochiqligicha qolmoqda.
Izoh (0)