Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Nokia 8 flagman smartfonini CES 2017 ko‘rgazmasida ko‘rib qolishdi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. TotalTech insayderlari hozircha rasman taqdim etilmagan Nokia smartfoni aks etgan videoni e’lon qildi, uni MWC 2017 ko‘rgazmasida namoyish etishlari kutilmoqda.

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

Foto: “Hi-tech.mail.ru”

CES 2017’da Nokia 6’ni rasman taqdim etishdi. Smartfon munosib bo‘lsa-da, flagman emas va hozircha faqat Xitoyda sotiladi.

Nokia 8 yoki Nokia Supreme esa ancha qiziqarliroq bo‘lishi kutilmoqda. Flagman Snapdragon 821 va 4 Gb tezkor xotirali hamda Snapdragon 835 va 6 Gb tezkor xotirali bo‘lgan ikki xil variantda chiqadi.

Insayderlar aytishicha, Nokia 8’ning katta versiyasi 64/128 Gb ichki xotira, shuningdek, microSD kartasi uchun slotga ega bo‘ladi. Asosiy kamerasi 24, selfi-kamerasi esa 12 megapikselli bo‘ladi.

Yangi Nokia’lar 26-fevral kuni rasman taqdim etiladi.

https://youtu.be/RbQSJMFwZvY

https://youtu.be/CPi26Ov0n7s

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
Surxondaryoda 3-sinf o‘quvchisi maktab hovlisida vafot etdi
Dunyo
Merkel Putinning yadroviy tahdidlarini jiddiy qabul qilishga chaqirdi
Mahalliy
Prezident O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotladi (ro‘yxat)