Chevrolet, BMW, Kia: Detroyt avtosalonida namoyish qilingan 14 yangi avtomobil (fotogalereya)
Motor nashri Detroyt avtosalonida namoyish qilingan 14 yangi avtomobilning suratlarini bir sahifaga jamladi.
Kia Stinger
Foto: MotorStinger – Kia kompaniyasi tarixidagi eng baquvvat model. Mazkur modelning eng yaxshi varianti 3,3 litrli V6 biturbo motori bilan jihozlangan. Stinger’ning eng tezkor varianti 5,1 soniyada soatiga 100 kilometr tezlashadi.
Mercedes-Benz GLA
Foto: MotorKrossover kuzovining old qismi o‘zgartirilgan. Mashina faralari chiroqli diodlar bilan jihozlandi.
Subaru STI
Foto: MotorYangilangan sedanning old dzayni o‘zgardi, rulni kuchaytiruvchi moslama qayta sozlandi. STI 205 ot kuchigaa teng 2,5 litrli motor bilan jihozlandi.
Subaru WRX
Foto: MotorWRX modelida dvigatellar o‘zgarmadi. Mazkur model 268 ot kuchiga teng ikki litrli motor bilan jihozlandi.
Volkswagen Tiguan Allspace
Foto: MotorDetroytda Tiguan’ning yetti o‘rindiqli versiyasi debyut qildi. Mashinaning g‘ildirakli asosi 111 millimetrga kattalashdi. Qolgan xarakteristikalar o‘zgarmadi.
Volkswagen Atlas R-Line
Foto: MotorYetti o‘rindiqli krossover tarkibiga yangi bamper, orqa diffuzor, 20 dyuymli disklar kirgan sport-paket bilan jihozlandi.
Chevrolet Traverse
Foto: MotorToyota Highlander va Honda Pilot’ga raqobatchi bo‘lgan Traverse’ning yangi avlod saloni avvalgisiga nisbatan kengroq bo‘ldi. Uning g‘ildiraklar asosi 3071 millimetrgacha oshdi.
Ford F-150
Foto: MotorYangilangan pikap o‘z tarixida birinchi marta dizelli motor bilan jihozlandi. Mashina 3,0 litrli motor va 10 bosqichli avtomatga ega bo‘ldi. Mazkur modelda xavf haqida ogohlantiradigan tizim, Wi-Fi tarmog‘i va B&O Play audiotizimi bo‘ladi.
Lamborghini Aventador S
Foto: MotorYangi Aventador hajmi 6,5 litrga teng 740 ot kuchiga teng V12 dvigatel bilan jihozlangan. Bunday motor mashinaga 2,9 soniyada soatiga 100 kilometr tezlikni olish imkonini beradi.
Porsche 911 GTS
Foto: MotorGTS’ning yangilangan versiyasi olti silindrli hajmi 3,0 litrga teng dvigatel bilan jihozlangan. Avtomobilning eng tezkor varianti 3,6 soniyada 100 kilometrgacha tezlashadi.
GMC Terrain
Foto: MotorIkkinchi avlodga mansub GMC Terrain yangi ko‘rinishga ega bo‘ldi, ammo avvalgisidan kichikroq. Uning g‘ildiraklar asosi 132 millimetrga qisqardi.
BMW 5-Series
Foto: MotorYangi model 100 kilogrammga yengillashdi. BMW 5-Series’ning eng tezkor varianti 462 ot kuchiga teng M550i sakkiz silindrli motor bilan jihozlandi.
Mercedes-Benz E-Class Coupe
Foto: MotorE-Class kupesi avvalgi avlod vakillaridan biroz kattaroq bo‘ldi. Mashina aqlli faralar va boshqa zamonaviy tizimlar bilan jihozlandi.
Genesis G80 Sport
Foto: MotorGenesis G80 Sport 3,3 litrli 365 ot kuchiga teng 6 silindrli biturbo motori bilan jihozlangan.
Nissan Rogue Sport
Foto: Motor
Nissan Qashqai krossoveri AQShda Rogue Sport nomi ostida sotiladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’”ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)