Latviyada 2017-yilning 1-yanvaridan 2016-yilda ma’qullangan qonun kuchga kirdi. Qonun kuchuklar egalariga ro‘yxatga olish raqamlaridan iborat maxsus chiplarni hayvonlariga o‘rnatish majburiyatini yuklaydi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Qonunga ko‘ra, uy hayvoni egalari olti oylikdan katta kuchuklariga chip o‘rnatishi va Latviya qishloq xo‘jalik ma’lumotlari markazining ma’lumotlar bazasidan ro‘yxatdan o‘tkazishi lozim. Chip o‘rnatish xizmatining bahosi — 3,5 yevro. Ro‘yxatdan o‘tkazishdan bosh tortganlik uchun jarima esa yetti yevrodan 210 yevrogacha. Qonunni takroran buzganlik uchun 210 dan 350 yevrogacha jarima ko‘zda tutilgan. Ro‘yxatga olish raqamidan iborat kichkina mikrosxema itlarning terisi ostiga yuboriladi.
Mutaxassislarning fikricha, chip o‘rnatish kuchuklarni ko‘chaga quvib yuboradiganlarni kuzatib borishga yordam beradi hamda hayvonni qidirish jarayonini yengillashtiradi.
Kuchuklar terisi ostiga mikrochiplar o‘rnatish amaliyoti Avstraliya, Buyuk Britaniya va ba’zi holatlarda Yaponiyada qo‘llaniladi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)