Ispaniya politsiyasi Barselona portida 500 kilogramm kokain topdi. Bu haqda, Europa Press agentligiga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
Aytilishicha, narkotiklar sport sumkasi ichida bo‘lgan. Kokain muzlatilgan go‘sht saqlanadigan konteyner ichidan topildi.
Hozircha mazkur ish bo‘yicha hech kim qo‘lga olinmadi.
Dastlabki ma’lumotlarga qaraganda, konteyner Braziliyadan keltirilgan.
Izoh (0)