BMTning yangi bosh kotibi Antoniu Guterrish xalqaro tashkilotning Nyu-Yorkdagi shtab-kvartirasida akkreditatsiyadan o‘tgan jurnalistlar bilan birinchi uchrashuvini o‘tkazdi. Birinchi ish haftasining yakunlariga ko‘ra BMTning to‘qqizinchi rahbari majmuaning uchinchi va to‘rtinchi qavatlarida joylashgan muxbirlar ofislarini ko‘rib chiqdi, deb xabar beradi “TASS”.
Jumladan, “TASS” ofisiga tashrif buyurar ekan, Guterrish 50 yil muqaddam — shtab-kvartiraga Yuriy Gagarin va Valentina Tereshkova kelgan paytda olingan suratga e’tibor qaratdi. “TASS” muxbiri bilan suhbat chog‘ida Guterrish o‘tgan yil noyabrida saylangan bosh kotib sifatida Moskvaga uyushtirgan safarini hamda uning doirasida Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan uchrashuvini esga oldi.
Jurnalistlar bilan norasmiy sharoitda muloqot qilishdan tashqari, Guterrish matbuot anjumani o‘tkazishi kutilmoqda. Tashkilot rahbarining rasmiy vakili Stefan Dyujarrikning bildirishicha, anjuman yanvar oyining oxirigacha bo‘lib o‘tadi.
Izoh (0)