Shri-Lanka janubidagi Xambantot shahrida yuz bergan tartibsizliklarda 21 kishi, shu jumladan, bir necha politsiyachi jabrlandi. Bu haqda, AP’ga asoslanib, “Interfaks” xabar bermoqda.
Shahar yaqinida sanoat zonasining ochilishi paytida to‘qnashuvlar yuz berdi. Ochilish marosimida mamlakat bosh vaziri Ranil Vikramasingxe ishtirok etdi.
Xalq orasida hukumat yangi sanoat zonasi uchun mahalliy aholining hamda shu yerdagi buddaviy ibodatxonasining yerlarini davlat tasarrufiga o‘tkazishi haqida mishmishlar paydo bo‘ldi. Bundan norozi aholi vakillari marosim bo‘layotgan tomonga yo‘l olganida hukumat tarafdorlari ularni toshbo‘ron qildi, buning natijasida to‘polon kelib chiqdi.
Politsiya vakillari aralashib, tomonlarni ajratdi.
Izoh (0)