Fransiyalik 105 yoshli sobiq o‘t o‘chiruvchi Rober Marshan Sen-Kenten-an-Ivlin velodromida 1 soat davomida 22 kilometr va 528 metrni velosipedda haydab o‘tib, 100 yoshdan katta bo‘lgan velopoygachilar o‘rtasida yangi rekord o‘rnatdi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Rober Marshan 2012-yili o‘zi qayd etgan rekordini yangiladi. O‘shanda u 1 soat davomida 24 kilometr va 251 metrni bosib o‘tgandi. 2017-yilgi musobaqalarda sobiq o‘t o‘chiruvchi uchun “105 yoshdan kattalar” toifasi joriy etildi, ammo undan boshqa hech kim yo‘q edi.
Qayd etilishicha, Marshan 68 yoshida velopoyga bilan jiddiy shug‘ullanishni boshlagan va o‘shandan buyon turli yosh toifasidagi rekordlarni o‘rnatib keladi.
Men bu yerga chempion bo‘lish uchun emas, inson 105 yoshida velosiped hayday olishini isbotlash uchun kelganman. Mening yoshimda eng asosiysi – to‘xtab qolmaslik. Mashg‘ulotlar to‘xtatib qo‘yilsa, ularni qayta boshlay olmaslik mumkin.Qayd etilgan yuqori natijaga qaramay, 105 yoshli Marshan bundan qoniqish hosil qilmadi.Rober Marshan, velopoygachi
Tabloda so‘nggi daqiqa boshlangani haqida xabar paydo bo‘lmadi. Aks holda men tezlikni oshirardim.Xalqaro velopoygachilar ittifoqi rekordni rasman tan olishi uchun komissiya Rober Marshanning doping namunasini tekshirishi kerak bo‘ladi.Rober Marshan, velopoygachi
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)