Avstraliyalik baliqchi ochiq okeanda olti soatni o‘tkazganligiga qaramasdan tirik qoldi. Ulkan marlin — og‘irligi 400 kilogrammga yetishi mumkin bo‘lgan baliq uning qayig‘ini ag‘darib yubordi va baliqchi undan qulab ketdi. Bu haqda Sky News xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
Erkakning qarmog‘iga marlin ilinganda u yolg‘iz baliq tutayotgan edi. Yirik baliq uni qayiq bortidan uloqtirib yubordi, ag‘darilib ketgan qayiq esa undan uzoqlashib ketdi.
Olti soatdan so‘ng baliqchining yonidan o‘tib ketayotgan baliqchilar kemasi uni suvdan olib chiqdi. Qutqaruvchilar ochiq okeanda shuncha vaqtni o‘tkaza olgan avstraliyalik “favqulodda omadli” ekanligini ta’kidlamoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)