O‘zbekiston xalq artisti Nasiba Abdullayeva yosh xonandalardan birini o‘zi uchun qayta kashf qilganini aytdi. U xonanda Shohruxxonning “Aldamadim” qo‘shig‘ini maroq bilan tinglayotganini ma’lum qildi, deb yozadi “Darakchi.uz”.
Haqiqatan ham bu qo‘shiqni juda mazza qilib tinglayapman. Ishonsangiz, mashinada Samarqanddan Toshkentga kelgunga qadar qayta-qayta tinglab, Shohruxxonga jo‘r bo‘lib kuylab keldik. Ayniqsa, musiqa qismini eshitganimda ko‘nglim yayradi. Bu qo‘shiqning musiqasida o‘zimga yaqin ohanglarni topganday bo‘ldim. Hamma san’atkorlar bilan salom-alik qilamiz, kuylagan qo‘shiqlarini eshitamiz. Biroq birgina musiqa ikki ijodkorni o‘zi sezmagan holda yaqinlashtirib qo‘yar ekan. “Aldamadim”dan keyin men Shohruxxoni o‘zim uchun qayta kashf qildim.Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.Nasiba Abdullayeva
Izoh (0)