Apple’ning Xitoyga mo‘ljallangan onlayn do‘konidan The New York Times gazetasining mobil dasturi o‘chirib tashlandi. Bu haqda TJournal xabar bermoqda.
Dasturning xitoy va ingliz tillaridagi versiyalari o‘chirib tashlandi.
Apple korporatsiyasi vakillari dastur Xitoy hukumatining qonunbuzarlik yuzasidan kiritgan so‘rovi munosabati bilan o‘chirilganini ma’lum qildi. Ammo gazeta vakillarining fikricha, bundan ko‘zlangan maqsad xitoylik o‘quvchilarni yangiliklarni mustaqil yorituvchi manbalardan ayirishdir.
Gazetaning Pekindagi byurosi xodimlari Xitoy rasmiylari ularga biror masalada murojaat qilmaganini ta’kidladi.
Gazeta vakillari Apple’ni qarorni qayta ko‘rib chiqishga chaqirdi.
Izoh (0)