Bugun,

  • USD 10940.05
  • RUB 182.26
  • EUR 11121.65

Mintaqimizda urologik kasalliklarning statistikasi ortib borayotgani jiddiy tashvishga sabab bo‘lmoqda. O‘zbekistonda har yili 100 ming aholidan 5 mingdan ortiqrog‘i tanosil tizimi organlari xastaliklaridan aziyat chekadi. Bu nafaqat respublikaning ba’zi shahalardagi ekologik vaziyat, balki aholi hayot tarzi, noto‘g‘ri ovqatlanish va inson salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi boshqa omillar bilan bog‘liq.

Foto: Acibadem

Foto: Acibadem

Eng ko‘p kasallik bilan og‘rish ko‘rsatkichi Navoiy viloyatida kuzatiladi. Undan so‘ng Xorazm, Samarqand va Jizzax viloyatlari bormoqda. O‘zbekiston bugun – siydik-tosh kasalligi muammosi bo‘yicha yetakchilardan biri bo‘lib, mamlakatdagi urolitiaz takrorlanishi 45 foizdan ortiqni tashkil qiladi.

Buyraklar inson organizmidan toshqol qotishmalarni chiqarish vazifasini bajaruvchi muhim organlar sanaladi. Agarda buyrakning funksiyasi u yoki bu sabab bilan buzilsa, organizmning zaharlanishi ro‘y berib, inson halok bo‘ladi. Yaqin vaqtga qadar buyrak yetishmovchiligining so‘nggi bosqichiga ega bo‘lgan bemorlarning hayotdan umidi yo‘q edi. Biroq rivojlanish jarayoni bir joyda to‘xtab turgani yo‘q hamda endilikda inson umrini uzaytirish va uni to‘laqonli qilishga buyraklar transplantatsiyasi yordam beradi.

Buyraklarni ko‘chirib o‘tkazish bir qator kasalliklarda shartdir. Ular orasida: gipertoniya, urolitiaz, peshob chiqarish yo‘llari infeksiyasi, buyraklar polikistozi, shuningdek qandli diabet. Peshob trakti infeksiyasi nafaqat bizning mintaqada, balki butun dunyoda eng keng tarqalgan urologik kasallikdir.

Acibadem buyraklar trasplantatsiyasi markazlari Turkiyaning Istanbul shahrida olti yildan beri omadli faoliyat yuritib kelmoqda hamda yuqori texnologiyalar kollaboratsiyasi, yangi uskunalar va intensiv terapiya sabab ishonchlidir. Ayni damga qadar klinikada buyraklarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha ikki mingdan oshiq va jigarni ko‘chirib o‘tkazish bo‘yicha 250 dan ortiq amaliyotlar qilindi. Acibadem’da operatsiyalar faqatgina xalqaro darajadagi yuqori malakali mutaxassislar tomonidan o‘tkaziladi.

Acibadem’da buyraklarni ko‘chirib o‘tkazishning laparoskopik uslubi donorni klinikadan amaliyotdan bir kun o‘tib, bemorni esa – bir haftadan so‘ng chiqarish imkonini beradi. Buyraklarni olish va ko‘chirib o‘tkazish operatsiyalari bir vaqtda o‘tkazilib, shu bilan birga, chovdagi kesilgan joy 5 santimetrdan oshmaydi. Yirik jarrohlik chandiqlarining yo‘qligi nafaqat bemorning amaliyotdan so‘ng estetik ko‘rkamligini saqlab qoladi, balki churra tushish, uvishib qolish va jarrohlik infeksiyalaridan saqlaydi.

Doimiy buyrak yetishmovchiligida dializ faqatgina minimal ta’sir ko‘rsatib, bemor hayotini ta’minlash uchun kerak bo‘ladi. Shu bilan bir qatorda, bemor odatiy hayot tarzidan kechishi va dializ markazlaridan qaram bo‘lib yashashi kerak. Buyraklar ko‘chirib o‘tkazilganda esa, inson hayoti uzayib, uning sifati ham yaxshilanadi. Transplantatsiyadan so‘ng insonga avvalgi mehnat qilishga bo‘lgan g‘ayrat qaytadi, va u sog‘lom hamda baxtli hayotga qaytishi mumkin.

O‘zbekiston aholisida Acibadem’ning nefrologiya va buyraklar transplantatsiyasi bo‘yicha yetakchi shifokorlari maslahatini chegaradan o‘tmay turib olish kabi noyob imkoniyat bor. Klinika mutaxassislari 6- va 7-yanvar kunlari Toshkentda bemorlar uchun konsultatsiya o‘tkazishadi. Muhokama qilinadigan savollar orasida – bemorlarni jarrohlik aralashuviga tayyorlash, operatsiya jarayoni, tiklanish davri. Konsultatsiya bepul bo‘lib, Shahar nefrologiis markazida 9:00 dan 14:00 gacha bo‘lib o‘tadi.

Yozilish va savollar uchun telefon: (+99895) 1445445, (+99890) 9076581Batafsil ma’lumot: http://www.acibadem.com.ru/acibadem-doctors-visit-uzbekistan/

Reklama huquqi asosida

Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy
“Chiqib keting, bu zalda o‘tirishga haqqingiz yo‘q” — minglab gektar yer noqonuniy ajratilishi ortidan Asaka tumani hokimi ishdan olindi
Mahalliy
“Janob Mo‘minov, yozmasangiz ham bo‘ladi. Kitobchangizni yoping, ruchkangizni kissangizga soling” — Farg‘ona tumani hokimi ishdan bo‘shatilib, guvohnomasi olib qo‘...
Mahalliy
“Binodan sharmanda qilib chiqarib yuborilsin” — Paxtaobod tumani hokimi Elyor Usmonov ishdan haydaldi