Ispaniyaning Marokash bilan chegaradosh Seuta anklavidagi nazorat-o‘tkazish punktida chegarachilar chamadonida 19 yoshli gabonlik fuqaroni olib o‘tishga uringan ayolni qo‘lga oldi. Bu haqda The Local nashri xabar bermoqda, deb yozadi “Gazeta.ru”.
O‘zini shubhali tutayotgan va chegara nazoratidan o‘tishni kutib, asabiylashayotgan ayol huquqni muhofaza qilish organlari e’tiborini tortdi.
Ular ayol yoniga borib, undan katta chamadonni ochishni so‘ragan. Unda kislorod yetishmovchiligidan hushini yo‘qotgan yigit borligi aniqlandi. Uning nafasi qaytib qolay deganligi ma’lum qilinmoqda.
Politsiya qo‘lga olingan ayol Afrikadan Yevropaga odamlarni olib o‘tuvchi kontrabandachilar guruhiga a’zo ekanligini taxmin qilmoqda. Unga yetti yilgacha ozodlikdan mahrum etish jazosi xavf solmoqda.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)