O‘zbekiston hukumati 2017-yil 1-yanvarida jismoniy shaxslar mol-mulk solig‘i stavkalarini oshirdi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Yangi stavkalar O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan o‘rnatiladi.
Soliq stavkasi mulkning inventar narxining 1,5 foizidan 1,7 foiziga oshdi. Shaharlarda joylashgan, umumiy hududi 200 kvadrat metrdan oshiq bo‘lgan dala hovli binolari, garajlar va boshqalar bundan mustasno.
Shaharlarda joylashgan, umumiy maydoni 200–500 kvadrat metr bo‘lgan uy va kvartiralar uchun stavka 1,8 foizdan 2,1 foizgacha, 500 kvadrat metrdan oshiq binolar uchun 2,5 foizdan 2,9 foizga oshdi.
Boshqa aholi punktlaridagi 200 kvadrat metrdan oshiq maydonga ega mulklar uchun soliq stavkasi 2,1 foizni tashkil etadi. Ilgari bu ko‘rsatkich 1,8 foizga teng edi.
Inventar narxi bo‘lmagan taqdirda soliq olish uchun Toshkent shahri va viloyat markazlarida 20,328 million so‘m miqdoridagi shartli narx, boshqa shaharlar va qishloq joylarida esa 8,833 million so‘m miqdoridagi shartli narx qabul qilinadi.
Izoh (0)