2017-yil 1-yanvaridan e’tiboran O‘zbekistonda respublikada ishlab chiqariladigan alkogol mahsulotlari, spirt va pivo uchun aksiz solig‘i oshiriladi. Bu haqda UzDaily xabar bermoqda.
Yangi stavkalar O‘zbekiston Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasining 2017-yilgi asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozi va davlat budjeti parametrlari to‘g‘risida”gi qaroriga binoan o‘rnatiladi.
Hujjatga ko‘ra, 2017-yil 1-yanvaridan tayyor mahsulotdagi etil spirtining 1 dekalitri uchun aksiz solig‘i 6275 so‘mni (+25 foiz), tabiiy vinolar uchun 6358 so‘mni (+5 foiz) tashkil etadi.
Boshqa turdagi vinolarning 1 dekalitri uchun aksiz solig‘i 10 ming so‘mgacha (+20 foiz), konyak uchun 58265 so‘mgacha (+26,9 foiz), aroq va boshqa shu turdagi alkogol mahsulotlari uchun 54057 so‘mgacha (+25 foiz), pivo uchun 6416 so‘mgacha (+25 foiz) o‘sdi.
Spirt miqdori 40 foizdan oshadigan konyak uchun aksiz solig‘i 1 dekalitr tayyor mahsulot uchun 96006 so‘m miqdorida, spirt tarkibi 40 foizdan oshadigan aroq va shu turdagi boshqa alkogol mahsulotlari uchun aksiz solig‘i esa 1 dekalitr tayyor mahsulot uchun 89071 so‘mni tashkil etadi.
Izoh (0)