Janubiy Koreya prezidenti, lavozimidan vaqtinchalik chetlashtirilgan Pak Kin Xe Konstitutsion sudning prezident impichmenti yuzasidan birinchi majlisiga kelmadi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Konstitutsion sud raisi Pak Kin Xening kelmaganini sabab sifatida ko‘rsatib, majlisni to‘qqiz daqiqadan so‘ng yopiq deb e’lon qildi.
“Biz impichmen haqidagi ishni qat’iy va haqqoniy ko‘rib chiqishga harakat qilamiz”, — dedi u so‘zining yakunida.
Ikkinchi majlis 5-yanvarga rejalashtirilgan. Agar prezident sud zaliga yana kelmasa, ish uning vakili ishtirokida ko‘rib chiqiladi. O‘z navbatida, prezidentning vakili Pak Kin Xe keyingi majlislarga tashrif buyurishi ham dargumon ekanligini tan oldi.
Eslatib o‘tamiz, Koreya Respublikasi prezidenti dugonasi asosiy rol o‘ynagan korrupsion janjal tufayli xalq orasida ishonchini yo‘qotdi. Shundan so‘ng mamlakat parlamenti uni iste’foga chiqarish foydasiga ovoz berdi. Mazkur impichment natijalari Konstitutsion sudda ko‘rib chiqilmoqda.
Izoh (0)