Norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra sayyoraning eng keksa fuqarosi hisoblangan indoneziyalik Saparman Sodimejo 146 yoshni qarshi oldi. Bu haqda 31-dekabr, shanba kuni Daily Mail gazetasi ma’lum qildi.
Uning hujjatlarida 1870-yilning 31-dekabrida dunyoga kelganligi qayd etilgan. Sodimejo bayramni qarindoshlari bilan Yava orolida nishonladi. Keksa yoshiga qaramasdan u mustaqil harakatlana oladi.
Nashrning ta’kidlashicha, Sodimejoning o‘n nafar aka-singilisi, shuningdek, to‘rt nafar rafiqasi va barcha farzandlari vafot etgan. Hozirda u nabiralari, evaralari va chevaralarining qurshovida.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)