Rossiyalik 23 yoshli Angelina Nikolau hayratlanarli selfilari orqali dunyoga tanildi, deb yozadi “Hi-tech.mail.ru”. Qiz dunyodagi eng xavfli baland binolarga chiqib, u yerda yolg‘iz yoki boshqa ekstrim ishqibozlari bilan suratga tushadi.
Ilk selfilarini Nikolau asosan Moskva va Rossiyaning boshqa shaharlarida olgan. Keyinchalik u faol tarzda sayohat qila boshladi, ammo o‘z xobbisini tashlab qo‘ymadi va juda katta balandliklarda olingan suratlarini doimiy tarzda ijtimoiy tarmoqlarga joylab boradi.