Ispaniyaga dekabrda yopirilgan kuchli yomg‘ir va suv toshqinlari Buyuk Britaniyada salat bargi yetishmovchiligiga olib keldi, deb yozadi Treehugger nashri.
Qishda Buyuk Britaniyada sotiluvchi sarhil sabzavotlarning 80 foizi Ispaniyaning aynan tabiiy ofatdan eng ko‘p jabrlangan hududlaridan keltirilar edi. U yerda, jumladan, salat bargi, brokkoli va selderey yetishtiriladi.
Yomg‘ir va suv toshqini tufayli hosil kutilgan darajadan 70 foizga kam olindi. Bundan tashqari, fevral va martda o‘sib chiqishi lozim bo‘lgan ko‘chatlar ham nobud bo‘lgan. Oqibatda Ispaniyadan sabzavotlar yetkazishdagi uzilishlar yana bir necha oy davom etadi.
Britaniya supermarketlari Rojdestvo bayramlaridan avvalroq xaridorlarni salat bargi taqchilligi haqida ogohlantira boshladi. Ba’zi kompaniyalar muammoni AQShdan shoshilinch suratga olib kelinadigan sabzavotlar hisobiga hal etmoqchi.
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)