Suriya muxolifatining chet eldagi eng nufuzli birlashmasi bo‘lmish Muxolif va inqilobiy kuchlar milliy koalitsiyasi Suriyada urush harakatlarining to‘xtatilishi borasidagi kelishuvning imzolanishini qo‘llab-quvvatlashini bildirdi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “TASS” xabar bermoqda.
“Milliy koalitsiya kelishuvni qo‘llab-quvvatlaydi va barcha tomonlarni unga rioya etishga chaqiradi”, — ma’lum qildi koalitsiya vakili Ahmad Ramazon.
Bir muddat ilgari Rossiya prezidenti Vladimir Putin Suriya hukumati va muxolifati o‘rtasida o‘t ochishni to‘xtatish borasida kelishuvga erishilgani hamda muzokara jarayonlari boshlanganini ma’lum qilgan edi.