Airbus Group konserni Emirates aviakompaniyasiga Rolls-Royce dvigateliga ega birinchi A380 laynerini yetkazib berdi. Bu haqda, AFP’ga asoslanib, “Vedomosti” xabar bermoqda.
Emirates matbuot kotibiga ko‘ra, kompaniya motorlarning sifati borasida ishlab chiqaruvchi bilan kelishuvga erishdi.
“Emirates shuni tasdiqlaydiki, Rolls-Royce bilan bizning A380 uchun dvigatellerimizga oid texnik masalalar borasida kelishuvga erishdi. Biz shu hafta Rolls-Royce dvigatelli birinchi A380 ni oldik”, — dedi u.
Noyabr oyining o‘rtasida Emirates prezidenti Tim Klark kompaniya Rolls-Royce dvigatellarining sifatidan noroziligini bildirgan edi.
Emirates Rolls-Royce dvigatelli ilk samolyotni 2-dekabr kuni olishi kerak edi, ammo ayrim sabablarga ko‘ra bu ish kechikdi.
Izoh (0)