Mutaxassislar Sochida qulagan Tu-154 samolyotining bort o‘ziyozarlarini o‘qishga kirishdi. Bu haqda transport vaziri Maksim Sokolov bayonot berdi, deb xabar qiladi “Interfaks”.
“O‘ziyozar bugun Moskva viloyatiga, Lyubersiga, mudofaa vazirligi harbiy-havo kuchlari tadqiqot markaziga yetkazildi”, — ma’lum qildi Sokolov.
Shuningdek, u boshqa bort o‘ziyozarlari topilgani haqida aytib o‘tdi.
Izoh (0)