Kapron kolgotkalar ayollar uchun eng ahamiyatli kashfiyotlardan biri ekanligi masalasida hech kim bahslashmasa kerak. Ular yupqa, qulay bo‘lib, sovuqdan asrash vazifasini ham bajaradi. Biroq ularning kamchiligi — juda tez yirtilishidir. Quyida kolgotkalaringizning umrini uzaytirish va pulingizni tejashga yordam beruvchi tavsiyalarni e’tiboringizga havola etamiz.
Muzlatib qo‘yish
Qanchalik hayratlanarli bo‘lmasin, sovuqda sinalgan kapron kolgotkalar sizga ko‘proq xizmat qiladi. Ularni muzxonada 6 soatga qoldiring, shunda ular ilinib qolishga kamroq moyil bo‘ladi.Aynan o‘zingizga mos o‘lchamdagisini xarid qiling
Ko‘pchilik ayollar yaxshi cho‘ziladigan kolgotkalarni bir o‘lcham kichigini olish kerak deb o‘ylaydi. Biroq bu xato fikrdir.Agar ularning tarkibida elastin maksimal darajada bo‘lsa ham, bu ularni keragidan ortiq cho‘zish mumkinligini anglatmaydi. O‘lchami kichik bo‘lgan kolgotkalar odatda tezroq yirtiladi.
Soch uchun lakdan foydalanamiz
Kolgotka xarid qilishingiz bilan ularga soch uchun lak bilan ishlov bering. Bir necha daqiqadan keyin lak qurib, sezilmay qoladi. Muhimi, lakni kolgotkadan uzoqroq va minimal miqdorda purkash kerak bo‘ladi.
Tez-tez yuvib turish
Agar kolgotkangiz sizga uzoq xizmat qilishini istasangiz, ularni har kiyganingizdan keyin yuvib turing. Bunda kir yuvish kukuni emas, kir sovundan foydalanish juda muhim. Shuningdek, ularni yuvish uchun optimal harorat 30—40 daraja hisoblanadi.Siz ularni chidamliroq qiluvchi qanday hiylalarni bilasiz?
Diqqat, diqqat! “Daryo”ning Telegram’dagi rasmiy kanali — “Toshqin ‘Daryo’” (@toshqindaryo)ga obuna bo‘lib, yangiliklardan ovozli ko‘rinishda bahramand bo‘lishingiz mumkin.
Izoh (0)