Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambayev Sankt-Peterburgda o‘tayotgan Yevrosiyo iqtisodiy ittifoqi sammiti yakunlariga ko‘ra tashkilotning Bojxona kodeksi hamda savdoni rivojlantirish bo‘yicha bayonotni imzolashdan bosh tortdi. Bu haqda “RBK” xabar bermoqda.
Yevrosiyo iqtisodiy komissiyasi kollegiyasi raisi Tigran Sarkisyanning ma’lum qilishicha, tashkilotga a’zo besh davlat uchun umumiy bo‘lgan hujjat aynan shu yig‘ilishda imzolanishi rejalashtirilgan edi. Rossiya, Qozog‘iston va Armaniston kodeks va bayonotni imzoladi. Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko sammitga kelmadi.
Bojxona kodeksi besh mamlakat bosh vazirlari tomonidan 16-noyabr kuni ma’qullangan edi.
Izoh (0)