Kamerun shimolidagi Mora shahri Rojdestvo yarmarkasida xudkush terrorchi tomonidan uyushtirilgan portlash oqibatida ikki kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “TASS” xabar bermoqda.
Mora shahrida ilgari ham bir necha marotaba terrorchilik harakatlari uyushtirilgan. Ularda “Boko Haram” radikal guruhi aybdor deb hisoblanadi.
Ushbu guruh asosan Nigeriyaning shimolida harakat qilsa ham, uning jangarilari Niger, Kamerun va Chad hududida ham teraktlar amalga oshiradi.
Izoh (0)