Yevroittifoqning bosh aksilmonopol regulyatori — Yevropa komissiyasi Yahoo! Inc. kompaniyasining asosiy internet biznesi 4,83 milliard dollarga sotilishini ma’qulladi. Bu haqda “Vedomosti” xabar bermoqda.
Yevrokomissiya matbuot xabarnomasida ta’kidlanishicha, taklif etilgan kelishuv raqobat muhitining buzilishi bo‘yicha xatarni keltirib chiqarmaydi, negaki ikkala kompaniya ham ayni paytda bozorda mo‘tadil o‘rinlarni egallab turibdi.
AQShning eng yirik telekommunikatsion kompaniyasi — Verizon Communications Yahoo’ning operatsion biznesini 4,83 milliard dollarga sotib olishi haqida shu yilning iyulida e’lon qilingan edi.
Izoh (0)